3. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning maqsadlari, ro'yxati, usullari va muddatlari
3.1. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning maqsadi – sayt tashrif buyuruvchilariga Environ Consult kompaniyasi va taqdim etilayotgan xizmatlar haqida ma'lumot berish, Environ Consult axborot byulleteniga obuna bo'lish, kadrlar zaxirasini to'ldirish.
3.2. Shaxsiy ma'lumotlar ro'yxati – familiya, ism, sharif, elektron pochta manzili, telefon raqami (mobil), nomzodning rezyumesida ko'rsatilgan ma'lumotlar, sayt tashrif buyuruvchi tomonidan mustaqil ravishda taqdim etilgan boshqa ma'lumotlar.
3.3. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash usullari – avtomatlashtirilgan, shuningdek avtomatlashtirilmagan usullarda shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash, jumladan: yig'ish, yozish, tizimlashtirish, jamg'arish, saqlash, aniqlash (yangilash, o'zgartirish), chiqarish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish), shaxsiy ma'lumotlarni shaxssizlantirish, bloklash, o'chirish, yo'q qilish.
3.4. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash muddati – shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish paytigacha, lekin O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha ko'zda tutilmagan bo'lsa, 12 (uch) oydan ortiq bo'lmagan muddat.
3.5. Rozilikni qaytarib olish usuli – shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni bekor qilish to'g'risida ariza berish.
3.6. Sayt tashrif buyuruvchisi istalgan vaqtda o'z shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilikni yozma ariza orqali bekor qilish huquqiga ega, manzil: 100204, O'zbekiston, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Ohangaron shossesi, 2/1.